Taqiqlangan moddalar qabul qilgan rossiyalik og‘ir vaznli bokschi Aleksandr Povetkin Butunjahon boks kengashi (WBC) reytingidan chiqarib tashlandi. Bu haqda “Sportbox.ru” xabar bermoqda.
Povetkin WBC reytingidan chiqarib tashlandi. Uning ishi bo‘yicha yakuniy qaror kelasi hafta e’lon qilinadi.Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 17-dekabr kuni Povetkinning kanadalik Bermeyn Stivernga qarshi jangi oldidan, ya’ni, 6-dekabr kuni topshirgan doping namunasida taqiqlangan modda aniqlangani haqida ma’lum qilingandi. Test natijasiga ko‘ra, rossiyalik bokschining namunasida SARM guruhiga kiruvchi Ostarin moddasi aniqlangan edi.Maurisio Sulaymon, WBC prezidenti
Mavzuga doir: Bokschi Povetkindan doping topishdi. U faoliyatini yakunlashi mumkin: Bu haqda nimalarni bilish kerak?
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)