Qatar Airways aviakompaniyasining samolyoti eng uzoq parvozga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Parvoz davomida samolyot 10 ta turli vaqt mintaqasini bosib o‘tadi. Bu haqda Independent gazetasi ma’lum qilmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Nashrning ma’lum qilishicha, samolyot Doha shahri aeroportidan 5-fevral, yakshanba kuni 05:10 da parvoz qilib, 6-fevral, dushanba kuni 07:30 da Yangi Zelandiyaning Oklend shahriga qo‘nadi.
Parvoz davomiyligi “bor-yo‘g‘i” 16 soatu 20 daqiqani tashkil etadi, biroq vaqt mintaqalarining almashishi tufayli u bir yarim kun “davom etadi”.
Qatar Airways rekordi 2018-yildayoq Singapur aviayo‘nalishlari tomonidan yangilanishi ma’lum qilinmoqda.
Ular “Singapur—Nyu-York” yo‘nalishi bo‘yicha to‘xtovsiz parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)