O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 3-fevral kuni Tojikiston elchisi Sodiq Imomiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida ikki tomon kun tartibining joriy masalalari, 2016-yilning 27—28-dekabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston — Tojikiston hukumatlararo komissiyasining 4-majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Uchrashuvda turli darajalarda bo‘lajak uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)