Braziliyadagi norozilik namoyishlari, Buyuk Britaniyadagi dovul, Germaniyadagi aravaga qo‘shilgan itlar poygasi va yakuniga yetgan kunning boshqa yorqin fotosuratlari (“Kommersant”dan olindi).
Rio-de-Janeyro, Braziliya. Qat’iy budjet iqtisodiga qarshi norozilik namoyishlari vaqtida yoqib yuborilgan avtobus oldidan o‘tib ketayotgan mahalliy aholi vakili.Gretsiya va Makedoniya o‘rtasidagi chegara. Soliqlarning oshishiga norozilik bildirgan yunon fermerlari ikki mamlakat o‘rtasidagi chegarani yopib qo‘ydi.
Guvahati, Hindiston. Guruch dalasida mehnat qilayotgan mahalliy aholi vakili.
Pxenyan, Shimoliy Koreya. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarning boshlang‘ich maktabiga tashrif buyurgan Kim Chen In.
Rafah, G‘azo sektori. Sartarosh mijozlaridan birining sochini maxsus usulda — olovni qo‘llash yordamida olmoqda.
Vena, Avstriya. Mahalliy hayvonot bog‘idagi panda va qorbola.
Chennai, Hindiston. Qutqaruvchi neftga to‘lgan qirg‘oq bo‘ylab harakatlanmoqda. Bir necha kun avval shahar qirg‘oqlari yaqinida neft tankeri siqilgan gazni olib ketayotgan kema bilan to‘qnashgan edi.
Dolish, Buyuk Britaniya. Dovul vaqtida shahardagi to‘g‘onga urilayotgan to‘lqinlar.
Avdeyevka, Ukraina. Shaharni o‘qqa tutishlardan jabr ko‘rgan mahalliy aholi vakillari uchun tashkil etilgan yordam markazida.
Olmaota, Qozog‘iston. Ayol cherkov oldida kaptarlarni boqmoqda.
Masserberg, Germaniya. Aravaga qo‘shilgan itlarning Trans-Thuringia—2017 poygasi ishtirokchisi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)