Yanvar oyining oxirida Sochiga shiddatli qor bo‘roni yopirildi. Havo harorati shaharning alohida tumanlarida -12 darajagacha pasaydi. Havonning sovib ketishi tufayli ba’zi maktablarda darslar qisqartirildi yoki bekor qilindi. Shahar ma’muriyatining so‘zlariga ko‘ra, kommunal xizmatlar sovuq ob-havoga oldindan tayyor bo‘lgan va qor bo‘roni Sochining hayot tarziga ta’sir ko‘rsatmadi.
Kurort aholisi ijtimoiy tarmoqlarda noodatiy qorli manzaralar va dengiz bo‘yida o‘rnatilgan qorbolalar suratlarini ulashmoqda.
Tog‘lardagi qorlar bilan hayratlantirish qiyin bo‘lgan sochiliklarning hissiyotlarini qirg‘oq bo‘yidagi qor manzaralari to‘lqinlantirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)