Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniyaning Devon grafligida yashovchi ikki fuqaro hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi uchun ozodlikdan mahrum etiladi, deb xabar beradi Metro.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

27 yoshli Sheril Stivens sobiq hamkasbi va do‘sti 24 yoshli Daniel Challisning oltin baliqchani yutib yuborgan holatini tasvirga olgan. Shu orqali ular ko‘ngilochar videorolik tayyorlamoqchi bo‘lgan. 35 soniyali videotasvir 2016-yil mart oyida Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylangan.

Mazkur ish bo‘yicha surishtiruv jarayonida oltin baliqchaning avvalroq tabiiy o‘lim bilan o‘lgani tasdiqlangan. Biroq sud jarayonida Jonivorlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish qirollik jamiyati (RSPCA) videorolikda baliqchaning hali ham tirik bo‘lganligi va uning qimirlayotganini isbotladi. “Zolim baliqxo‘r” va uning sherigi ustidan sud hukmi 3-fevralda e’lon qilinadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi