Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kaliforniyalik senator Nensi Skinner, Donald Trampning immigratsiya siyosatiga javoban, Oq uyni AQSh prezidentining turmush o‘rtog‘i — Melanya Tramp bilan bog‘liq hujjatlarni oshkor qilishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Melanya Tramp. Foto: The Daily Beast

Melanya Tramp. Foto: The Daily Beast

“Tramp guruhidagilarning hech biri Melanyaning AQShda yashashga to‘liq haqi borligi bilan bog‘liq gumonlarni tarqatish uchun hujjatlar borasida hech qanday izoh bermadi”, — dedi Skinner.

Senatorning yodga solishicha, Donald Tramp 2016-yil avgustida ayoli AQShga kelishi bilan bog‘liq masala yuzasidan saylovga qadar matbuot anjumani o‘tkazishini va’da qilgan edi, biroq bu tadbir o‘tkazilmadi.

Avvalroq Tramp AQSh bosh prokurori vazifasini bajaruvchini migratsiya haqidagi farmonni tanqid qilgani uchun ishdan bo‘shatgani xabar qilingan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Juliya Roberts o‘zi ovqat pishiradi, bolalarini maktabga olib boradi, itlari bilan sayr qiladi va “Oskar”dan ko‘ra oddiy hayotni qadrlaydi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston bu yil 1 mln tonnadan ortiq paxta yig‘ib olishni rejalashtirmoqda
Mahalliy
Navoiyda o‘zganing 31 bosh qo‘yini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi