Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yamaykalik yuguruvchi Useyn Bolt va uning terma jamoadagi sheriklari Pekinda 2008-yili o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari estafeta bo‘yicha oltin medalini Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga qaytardi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Medallarimdan birini topshirayotganim men uchun og‘ir. Biroq bunga majburman, chunki XOQ talablari shunday. Norozi ekanligimni yashirmayman, ammo o‘zimni qo‘lga oldim”, — deya ta’kidladi Bolt. 

Eslatib o‘tamiz, Nesta Karterdan doping tekshiruvi chog‘ida taqiqlangan modda — metilgeksanamin topilgandan so‘ng Yamayka terma jamoasi diskvalifikatsiya qilindi va sportchilar oltin medaldan mahrum etildi. O‘sha estafeta yakuniga ko‘ra yamaykalik yuguruvchilar jahon rekordini o‘rnatgan edi.

Endilikda Boltning Olimpiadadagi medallari soni 8 taga qisqardi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tramp tarafdorlariga murojaat qilib, meni qo‘llab-quvvatlang, namoyishlar uyushtiring demoqda” — Navbahor Imomova
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi
Maslahatlar
Tezroq tashlab yuboring: yuz kremi ​​sizga mos kelmaganini anglatuvchi 5 ta belgi