Ispaniya La ligasi 20-turidan joy olgan “Betis” — “Barselona” o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi. Mazkur bellashuv kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan nihoyasiga yetishi ham mumkin edi. Agar hakamlar brigadasi toza golni inobatga olganida.
Alexandro Ernandes boshqaruvidagi hakamlar brigadasi “Barselona”ning golini inobatga olmadi. Ularning fikricha, to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tmagandi. Takroriy lavhalar esa hakamlar adashganini ko‘rsatib berdi.
Ma’lumot uchun, chempionlik poygasida yetakchi bo‘lib turgan Madridning “Real” klubi hisobida 46 ochko va bitta zaxira o‘yini bor. “Barselona” esa 42 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan. Avvalroq hakamlar xatosi sabab “Barselona” joriy mavsumning o‘zida bir qator ochkolarni boy bergani haqida xabar paydo bo‘lgandi.
Izoh (0)