Meksika prezidenti Enrike Penya Nyeto AQShda istiqomat qiluvchi Meksika fuqarolarini himoya qilish metodlarini ishlab chiqish uchun 1 milliard peso (47,5 million dollar) ajratdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Meksika Senati rahbari Pablo Eskudero ko‘proq mablag‘ zarur bo‘lsa, ajratilishini ma’lum qildi. Prezident Penya Nyeto bilan uchrashgan Eskuderoning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘ Milliy saylov instituti qurilishidan voz kechish hisobiga ajratiladi.
Eskuderoning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat prezidenti Deputatlar palatasi va Senatda ijro etuvchi hokimiyat bilan birgalikda davlat siyosati va aniq choralarni ishlab chiqish bo‘yicha faoliyat yurituvchi qonunchilar guruhi tuzilishini so‘ragan.
Shu tariqa, parlament mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga meksikalik migrantlarga konsullik ko‘magi berish masalalari bo‘yicha yordam berishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika—Meksika chegarasidagi devor qurilishi “yaqin oylar ichida” boshlanishini ma’lum qilgan va Meksika prezidenti bu masalada o‘z noroziligini bildirgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)