Kecha — 26-yanvar kuni Angliya Liga kubogi finalida “Liverpul”, Ispaniya kubogi chorak finalida “Real”, Italiya kubogining yarim finali ostonasida esa “Milan” klublari muvaffaqiyatsizlikka uchradi hamda musobaqani tark etdi.
O‘yinlardan keyin Yurgen Klopp va Zinedin Zidan muvaffaqiyatsizlikka qanday izoh berdi?
Raqib har ikki bellashuvda haqli g‘alabaga erishdi. Bizda gol urish uchun ajoyib imkoniyatlar bo‘lsa-da, ulardan foydalana olmadik. 7 ta imkoniyatning barchasini yo‘qqa chiqarganimiz uchun ham mag‘lub bo‘ldik.Hakam Long to‘pni qo‘li bilan o‘ynaganini ko‘rmay qoldi. Bunday masshtabdagi o‘yinlarda esa bu yaxshi holat emas.
Umuman hakamlar tomonidan chalinadigan hushtaklarni eshitsak yomon bo‘lmasdi. Bilmadim, bu kabi hol shu mavsumning o‘zida necha bor takrorlanmoqda. “Yunayted” bizga ofsayddan gol urdi — hakam jim. Bugun hakam penalti belgilashi kerak edi, biroq u yana sukut saqladi.
Yurgen Klopp, “Liverpul” bosh murabbiyi
Qo‘llarimizni pastga tushirmaymiz. Biz o‘yin yakuniga qadar a’lo darajada harakat qildik. Biroq nimadir yetishmadi, raqibni esa tabriklayman.
Bu futbol. Yaxshi imkoniyatlarimiz bo‘lsa-da, ulardan foydalana olmadik. Agar ishlashda davom etsak, hammasi risoladagidek bo‘ladi. Men bezovta ham emasman, jahl otiga ham minmaganman.
O‘yinimiz qovushgani pozitiv holat, qayg‘ulisi esa turnirdan chiqib ketganimiz. Endi La liga haqida o‘ylayman. Ispaniya va Yevropa chempionligi uchun kurash olib boramiz.
Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi
Izoh (0)