Britaniyalik 16 yoshli maktab o‘quvchisi Muhammad Ali Yorkshir grafligidagi uyidan turib bozordagi takliflarni taqqoslash va arzon narxdagi mahsulotlarni topishga yordam beruvchi sayt yaratdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Loyihani ishlab chiqishda unga 60 yoshli biznes hamkori Kris Torp yordam bermoqda. O‘smirning so‘zlariga qaraganda, u o‘z startapi tafsilotlarini muddatidan avval fosh qilishni istamaydi, biroq uning dunyo bo‘yicha o‘xshashi yo‘q ekanligiga ishonchi komil.
Londonlik investorlar 2016-yilning dekabr oyi boshida men bilan uchrashdi. Ular ma’lumotlarni boshqarish bilan shug‘ullanadi, shuning uchun saytni o‘zim yaratganligimga ishonishmadi.Muhammad Ali, weneed1 sayti yaratuvchisi
Biroq Ali taklifga rad javobini berdi. U hozir loyiha uchun 5 million funt (6 million dollar atrofida) taklif qilishayotgan bo‘lsa, kelajakda u bir necha marta qimmatga baholanishiga ishonadi. U saytning to‘liq versiyasini 2017-yilning yanvar oyi oxirida ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Biz haqiqatda katta loyiha yaratayapmiz, hozircha unga raqobatchi yo‘q. Mablag‘larni tejash uchun haqiqiy ekspert yaratilmoqda.Alining so‘zlariga qaraganda, u tengdoshlarini yangilik yaratish va o‘z g‘oyalarini noodatiy loyihalarga tatbiq etishga ilhomlantirishni istaydi.Muhammad Ali, weneed1 sayti yaratuvchisi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)