Amerika tarixining milliy muzeyi Vashingtondagi suvenir do‘konidan Donald Tramp haqidagi Donald Trump: 45th President of the United States Collector’s Vault kitobini sotuvdan oldi. Bunga The Washington Post gazetasining kitobdagi ko‘p sonli xatoliklar haqida maqola chop etganligi sabab bo‘ldi, deb yozadi Meduza.
Nashrning qayd etishicha, muallifi 25 yoshli atlantalik fuqaro Brendon Kristofer Xoll bo‘lgan kitobda Hillari Klinton shtabining demokratlar yozishmalarining buzib ochilishiga aloqadorligi haqidagi bayonot bema’ni haqiqatdan e’tiborni chalg‘itish uchun hiyla ekanligi qayd etiladi.
Asosan Trampning suratlaridan iborat kitobda Klinton AQSh prezidentiga qaraganda bor-yo‘g‘i 200 ming ovoz ko‘proq olganligi, haqiqatda esa Klinton uch millionga yaqin ko‘proq ovozga ega bo‘lganligi ta’kidlanadi.
Muzeyda kitobning bahosi 50 dollarni tashkil etgan. Biroq gazeta kitobdagi noaniqliklar haqida ma’lum qilgandan so‘ng, muzey mazkur kitob do‘konlarida ortiq sotilmayotganligini ma’lum qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)