Avstraliyalik dayver Rik Anderson yetti yildan buyon kulrang akula bilan do‘st, deb yozadi “Bigmir.net”.
Rik bu akulani u hali juda kichikligida silab, erkalab qo‘ygan. Shundan buyon baliq har safar dayverni ko‘rganda uning oldiga suzib keladi.
“Men yetti yil avval u bilan o‘ynab boshlaganman. O‘shanda u juda kichik, uzunligi 15 santimetr atrofida edi. Uni qo‘rqitib yubormaslik uchun sekin unga yaqinlashib, silab qo‘yganman”, — deydi Aderson.
Keyinchalik akula uni taniy boshladi va unga yaqin suzib kelib, Rik uni quchoqlashi uchun tumshug‘i bilan uning oyog‘iga turtishni odat qildi.
Ta’kidlash joizki, dayver akulaga ozuqa bermaydi — u bilan faqat o‘ynaydi, xolos.
“Akula bilan o‘ynayotganimni ko‘rgan boshqa dayverlar ko‘zlariga ishona olmaydi”, — deydi Rik.
Rik 27 yildan beri suv ostida suzish bilan shug‘ullanadi va dayving maktabida murabbiylik qiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)