Rossiya mudofaa vazirligiga qarashli, Qora dengiz ustida halokatga uchragan Tu-154 samolyoti qidiruvlari chog‘ida Ikkinchi Jahon urushi yillariga oid AQSh bombardimonchisi topildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Qutqaruvchilar ikki motorli Douglas A-20 (“Boston”) samolyotining dvigatellaridan birini suvdan ko‘tardi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, u Sovet Ittifoqiga lend-liz bo‘yicha yetkazilib, 63-bombardimonchi aviapolki tarkibida janglarda qatnashgan.
Samolyot 1942-yil 15-noyabrida Adler aerodromidan ko‘tarilganidan so‘ng halokatga uchragan.
Izoh (0)