12−18-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida matematika, informatika va fizika bo‘yicha XIII Xalqaro Jautikov olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda 18 mamlakatdan 182 nafar maktab o‘quvchisi, jumladan, O‘zbekistondan yetti vakil ishtirok etdi, deb xabar qildi “Gazeta.uz”.
Matematika musobaqalari yakunlari bo‘yicha Buxoro davlat universiteti qoshidagi 3-akademik litsey vakili Abdumalik Abduqayumov 42 baldan 20 ball to‘plagan holda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shu litsey o‘quvchisi Sirojiddin fizika bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-akademik litsey o‘quvchisi Temurbek Xo‘jaqulov informatika bo‘yicha bronza medali sovrindori bo‘ldi.
Izoh (0)