15-iyul harbiy to‘ntarishini taftish qilish doirasida bugungi kunga qadar 43 ming kishi hibsga olindi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqarada o‘tgan mintaqaviy hokimiyat vakillari bilan uchrashuv doirasida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Putch harakatidan so‘ng FETOga qarshi operatsiyalar doirasida 43 ming kishi hibsga olindi, 95 ming kishi davlat xizmatidan chetlashtirildi”, — dedi u.
“Tozalash o‘tkazilganiga qaramay, bu ish hali bitmadi”, — qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
U Turkiyani “xoin”lardan butunlay tozalashini ta’kidlab o‘tdi.
“Ammo biz bu ishni tugatamiz. Bundan boshqa yo‘li yo‘q”, — xulosa qildi Erdo‘g‘on.
Izoh (0)