AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ayrim Gollivud yulduzlarining inauguratsiya marosimiga kelmaslik to‘g‘risidagi qaroriga izoh berib o‘tdi. Uning aytishicha, marosimga jahonning bosh yulduzi tashrif buyurishining o‘zi yetarli, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Ular kelmasa ham mayli, jahonning asosiy yulduzi o‘sha yerda bo‘ladi”, — ta’kidladi bo‘lajak davlat rahbari.
Tramp gap kim haqida ketayotganini oshkor qilishdan bosh tortdi.
Ilgariroq Tramp marosimga kelmaydiganlardan chiptalarni qaytarishni so‘ragan edi.
Izoh (0)