Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Aktrisa Zarina Nizomiddinova otasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shahboz Nizomiddinovni xotirlab, u bilan birga ijro etgan yagona roli haqida so‘zlab berdi. Bu haqda aktrisa Instagram’dagi sahifasida yozgan.

“Karate-karate” klipida suratga tushayotgan va hali chaqaloq Zarina Nizomiddinova otasi — Shahboz Nizomiddinovning qo‘lida.

“Karate-karate” klipida suratga tushayotgan va hali chaqaloq Zarina Nizomiddinova otasi — Shahboz Nizomiddinovning qo‘lida.
Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

“Darakchi.uz”ning yozishicha, aktrisa 1990-yillarda xit bo‘lgan, uning katta opasi Mohinur va akasi Shohrux tomonidan kuylangan “Karate-karate” nomli qo‘shiqning klipi haqida so‘z yuritgan.

Birinchi rolimni shu klipda ijro etgan ekanman. Dadam hayotliklarida klipda ham, kinoda ham birga suratga tushish nasib etmadi. Ammo, e’tibor berib qarasam, ijodimni aynan dadajonim bilan mana shu klipdan boshlagan ekanman. O‘sha damda otajonimning qo‘llab-quvvatlaganliklari shu kungacha yordam berib kelyapti. Otajonim, joyingiz jannatdan bo‘lsin. Doim qalbimizda, yuragimizdasiz!

Zarina Nizomiddinova, aktrisa

Zarina Nizomiddinovaning akasi Shohrux va katta opasi Mohinur —“Karate-karate” klipida.

Zarina Nizomiddinovaning akasi Shohrux va katta opasi Mohinur —“Karate-karate” klipida.
Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shahboz Nizomiddinov 2015-yil 23-aprel kuni 69 yoshida vafot etgan edi. U afsonaviy “Yalla” ansambli asoschilaridan biri edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov