Qirg‘iziston bosh vazirining o‘rinbosari Cho‘lpon Sultonbekova Boeing 747-400 yuk samolyotining qulashi oqibatida yetim qolgan bolalarning taqdirini shaxsiy nazorati ostiga oldi. Bu haqda, hukumat matbuot xizmatiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, fojia oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi, samolyot qulagan qishloqdagi uylarning yarmi butunlay vayron bo‘ldi.