Estoniya mudofaa vaziri Margus Saxkna hamda AQShning mamlakatdagi elchisi Jeyms Melvill Tallinda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Kelishuv mamlakatda joylashgan amerikalik harbiylar faoliyatini yengillashtiradi hamda ularning huquqiy maqomini belgilab beradi, deyiladi mudofaa vazirligi tarqatgan xabarnomada.
Melvill kelishuvning imzolanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni mustahkamlashda o‘ziga xos o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)