Italiyalik chang‘ichi Nadya Fankini soatiga 100 kilometr tezlikda trassadan chiqib ketdi. Sodir bo‘lgan voqeaning videosi Eurosport’ning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilindi.
Italiyalik sportchi Avstriyaning Altenmarkt-im-Pongau shahridagi chang‘ida tezlikda tushish bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi oldidan mashg‘ulot o‘tayotgandi, ammo u burilishlardan birida muvozanatni yo‘qotdi va trassadan chiqib ketdi.
Voqeadan so‘ng Fankini vertolyotda evakuatsiya qilindi, mashg‘ulotlar esa to‘xtatib qo‘yildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)