Parol saqlashga mo‘ljallangan Keeper dasturi mualliflari akkauntlarni himoya qilishda eng ko‘p ishlatiladigan kombinatsiyalar ro‘yxatini e’lon qildi. Bunday parollarni o‘rnatish xavfsiz emasligi aytildi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.
Ekspertlar 10 milliondan ortiq sahifalarning ma’lumotlarini tahlildan o‘tkazib, parollarning keng tarqalganlik bo‘yicha reytingini tuzib chiqdi. Ularning aniqlashicha, “123456” paroli oldingiday birinchi o‘rinda turibdi.
Ro‘yxatda qiyinroq parollar ham bor, ammo ularni buzishga ham bir necha sekund kifoya. Bular sirasida “18atcskd2w” va “3rjs1la7qe” ham bor. Bu kombinatsiyalarning mashhurligi ular botlar tomonidan ishlatilishi bilan tushuntiriladi. Bunday parolga ega akkauntlar odatda pochta servislarida spam tarqatish uchun ro‘yxatga olinadi.
Izoh (0)