Italiya hukumatining sobiq rahbari Silvio Berluskoni Yevropa markaziy bankini sudga berdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Hujjatlarga ko‘ra, ariza o‘tgan yilning 23-dekabrida kiritilgan. Sud eshituvlarining sababi nima ekanligi haqida ma’lumot hozircha yo‘q.
2016-yil oktabrida regulyator nazorat aksiyalari Berluskonining qo‘lida bo‘lgan Fininvest kompaniyasiga Mediolanum bankining 20 foiz aksiyalarini sotishga ko‘rsatma bergan edi. Kompaniya regulyatorning talablariga bo‘ysunishdan bosh tortdi. Shu muammo tufayli Berluskoni Yevropa markaziy bankini sudga bergan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Ayni paytda Fininvest bankning 30 foiz aksiyalariga egalik qiladi.
Izoh (0)