Qozog‘istonda yagona jamg‘arib boriladigan pensiya fondi rahbariyati hibsga olindi. Bu haqda Olmaota shahar sudi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Fond boshqaruvi raisi Ruslan Yerdenayev va tahlikalar boshqaruvi departamenti boshlig‘i Musa Baxtovlarga nisbatan suddan oldingi tergov ishlari boshlab yuborildi.
Xabarnomada ta’kidlanishicha, ular mol-mulkka qarshi qasddan og‘ir jinoyatlar sodir etganda ayblanmoqda. Jumladan, ular begonaning mol-mulkini o‘zlashtirish va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborishda ayblanmoqda.
Izoh (0)