Misr va Shvetsiya arxeologlari Podsholar vodiysidan janubroqda malikalar Xatshepsut va Nefertiti davriga oid 12 yangi sag‘ana topdi. Bu haqda, Misr qadimiyatlari vazirligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bu sag‘analar shunisi bilan qiziqki, ularda butun oilalar ko‘milgan — turli yoshdagi erkak va ayollar va, aftidan, ularning farzandlari buyumlari va uy jonivorlari bilan birga. Qabrda bolalarning aniqlanishi Mirsning bu mintaqasidagi aslzodalar katta oilalarda yashaganidan dalolat beradi”, — dedi qazilma ishlari ishtirokchilaridan biri, Asuan muzeyi direktori Nasr Saloma.
O‘tgan yili bu hududda nekropol aniqlangan edi. Nekropol hududidagi qazilma ishlari kuzda tamomlandi.
Izoh (0)