Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida mamlakat terma jamoasi hamda “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messiga atab o‘rnatilgan haykal vandallar hujumiga uchradi, deb xabar bermoqda TJournal.
Noma’lum shaxslar haykalning yuqori qismini arralab ketdi. Mazkur voqea Krishtianu Ronaldu FIFA talqini bo‘yicha 2016-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, The Best mukofotini qo‘lga kiritganidan keyin yuz berdi.
Jinoyatchilar hozircha qo‘lga olinmadi, ammo mahalliy hukumat rasmiylari haykalni tiklash borasida ishlarni boshlab yubordi.
Futbolga oid karikaturalari bilan tanilgan Omar Momani mazkur voqeaga o‘z karikaturasi orqali munosabat bildirishga ulgurdi.
Qayd etish kerakki, “Barselona” forvardi Lionel Messi 2015-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, o‘z faoliyatidagi beshinchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan bir kun o‘tib, portugaliyalik futbolchining Funshal shahridagi haykali vandallar hujumiga uchragandi. O‘shanda Ronalduning haykali orqasida “Messi 10” yozuvini yozib ketishgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)