O‘zining noodatiy musiqa yo‘nalishiga ega, xalq tilidan, xalqchil so‘zlar bilan hayotiy mavzularda ijod qilishi bilan e’tiborni tortgan xonanda, Nihol mukofoti sovrindori Adham Soliyev hech bir xonanda konsert bermagan joyda konsert berish haqidagi rejasi bilan bo‘lishdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“So‘nggi paytlarda Adham Soliyev ko‘rinmay qoldi, degan gaplarga umuman qo‘shilmayman. Chunki ijodim avvalgidan-da faollashgan, faqat izlanishda va ijoddamiz. Bu mehnatlarimizni har kuni muxlislarga TV orqali taqdim etish uchun mablag‘im yetmay qoladi ba’zida. Chunki bugun televideniyedagi aksariyat teledasturlar, yangi qo‘shiqlar premyerasi to‘lov-shartnoma asosida. Har biriga to‘lov to‘lab, reklamaga pul sarflashga to‘g‘ri kelyapti. Lekin bu fikrim bilan teleradiokanallarni qoralashdan juda yiroqman. Hamma o‘zining ishi, vazifasi bilan band. Xizmatlar pullik degani bilan ayrim musiqiy teleradiokanallar muxlislar talabidan kelib chiqib ijod mahsullarimni berib turishibdi.
‘Adham ko‘rinmay qoldi’ deyayotgan muxlislarim uchun maxsus konsert dasturimizni tashkillashtirish rejalashtirilgan. Rejissor Sa’dulla Abdullayev bilan hamkorlikda shu yili yakkaxon dastur bo‘ladi. Ammo bu doimgidek ‘Istiqlol’ san’at saroyida emas. Ishonch bilan aytamanki, 2017-yilda beriladigan konsert dasturim uchun tanlangan joyda hali hech qaysi xonanda konsert bermagan. Tog‘ yonbag‘ridagi bu uchrashuv ko‘plarning yodida uzoq vaqt saqlanib qolishiga ishonaman”, — deydi xonanda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)