Amerikalik aktyorlar Anjelina Joli va Bred Pitt bundan keyin ajrashish jarayonini butunlay maxfiy tarzda olib boradi. Hujjatlarni ko‘rib chiqish sudyaga topshirildi, deb yozadi “TASS” Associated Press’ga tayanib.
“Tomonlar va ularning maslahatchilari bolalar va butun oilaning shaxsiy hayoti huquqiga rioya qilinishini ta’minlashga qaratilgan kelishuvni imzoladi. Bu barcha sud hujjatlari maxfiyligini ta’minlash orqali hamda sudya yordamida amalga oshiriladi, u zarur bo‘lganda kerakli huquqiy qarorlarni qabul qilishi va hal etilmagan muammolarni tartibga solishni yengillashtirishi kerak bo‘ladi”, — deyiladi Joli va Pittning bayonotida.
Shuningdek, ikkala tomon ham “qayta tiklanish va qayta birlashish haqi birgalikda harakat qilish” majburiyatini oldi.
Izoh (0)