Hindistonning Kashmir viloyatida 9-yanvarga o‘tar kechasi kuchli qor bo‘roni kuzatildi. Viloyatning barcha hududlarida havo harorati rekord darajada tushgan, deb yozadi TJournal.
Kashmirning shimolida hudud uchun xos bo‘lmagan qahraton – -12,4 daraja sovuq iqlim sharoiti kuzatilgan.
Bundan avval viloyatda bunday sovuq havo 2012-yilda kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda harorat -16,5 darajagacha tushib ketgan edi.
Viloyat janubida ham so‘nggi besh yildan beri kuzatilmagan izg‘irin qayd etilgan bo‘lib, termometr ko‘rsatkichi -9 darajagacha tushib ketgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)