Italiyada ob-havoning sovushi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xususan, 7-yanvar kuni Milan chetidagi tashlandiq binolardan birida 66 yoshli uysiz polyakning jasadi topildi. 49 yoshli bir uysiz rumin esa Messina shahrida sovuqdan halok bo‘ldi.
Arktik siklon ayoz Apennin yarim oroliga ayoz va qor olib keldi. Ko‘p avtostradalarda harakat to‘xtab qoldi, poyezdlar kechiqmoqda.
Izoh (0)