Yaponiyada Yangi yil kirib kelgandan keyingi birinchi savdolarda Tinch okeanining ulkan moviy tunetsi yirik summaga sotildi. Bu haqda The Guardian ma’lum qildi.
Aomori prefekturasidan ovlangan 212 kilogrammlik baliq Sukidzi bozoridagi kimoshdi savdosida 74,2 million iyenaga (640 ming dollar) sotildi. Biroq bu safar XXI asr rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lishmadi. 2013-yilda 155 million iyenaga (1,3 million dollar) sotilgan tunets hamon eng qimmatbaho tunets hisoblanadi.
Nashrning ta’kidlashicha, Tokio markazida joylashgan Sukidzi dunyodagi eng yirik baliq bozori hisoblanadi. U yerda har kuni ikki ming tonnadan ortiq baliq sotiladi. Yangi yil kirib kelgandan keyingi ilk savdo ramziy hisoblanadi: tunets narxiga qarab kirib kelgan yil iqtisodiy jihatdan qanchalik omadli bo‘lishi aniqlanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)