Finlyandiya ko‘rfazida bortida uch nafar baliqchi bo‘lgan Rossiya kemasi g‘arq bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ayni paytda qidiruvlar davom etmoqda. Operatsiyaga 350 kishi va 65 texnika birligi jalb etilgan.
Rossiya FVV mintaqaviy vakili Fyodor Polshin xabariga ko‘ra, shu vaqtgacha 500 kvadrat kilometr hudud va 60 kvadrat kilometr akvatoriya ko‘zdan kechirildi.
Yaqin orada to‘rt nafar g‘avvos, g‘avvoslik stansiyasi va gidrolokator operatsiyaga jalb qilinishini kutilmoqda.
Izoh (0)