Turkiya Istanbuldagi tungi klubga uyushtirilgan hujumga aloqadorlikda gumonlanayotgan Qirg‘iziston fuqarosi haqida ushbu mamlakat tegishli xizmatlariga hech qanday so‘rov yubormadi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Shu paytga qadar Turkiya tomonidan diplomatik kanallar bo‘yicha Ya. Mashrapov bo‘yicha hech qanday so‘rovlar kiritilmadi”, — deyiladi tashqi siyosiy idora tarqatgan bayonotda.
Ilgariroq Qirg‘iziston fuqarosi Yahyo Mashrapov teraktga aloqadorlikda gumon qilingan va hatto uning suratlari Turkiya matbuotida e’lon qilingan edi. Ammo Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi Mashrapov mamlakatga qaytishi bilan u so‘roq qilingani hamda ayblovlar tasdiqlanmaganini bildirdi.
Shunga qaramay, bayonotda ta’kidlanishicha, respublika huquq-tartibot organlari ushbu masalada o‘z tergovlarini o‘tkazmoqda.