“Huawei Tech Investment Tashkent” MChJ XK Bosh direktori janob Van Pen bilan intervyu.
— Janob Van, sizningcha, 2016-yil O‘zbekistonda Huawei kompaniyasi uchun qanday o‘tdi?
— Bir so‘z bilan aytganda, men ketayotgan 2016-yilni mana bunday ta’riflashim mumkin: serharakat, raqobatga boy, muvaffaqiyatli hamda Huawei kompaniyasi uchun samarador.
Batafsil gapiradigan bo‘lsam, joriy yilda amalga oshirganimiz quyidagi ishlarni alohida qayd qilib o‘tmoqchi edim. Birinchi navbatda, kompaniyamiz O‘zbekiston jadal faoliyat yuritayotgan oxirgi 15 yil ichida biz ofisimizni Huawei logotipi bilan belgiladik. Endi Toshkentning bir markaziy ko‘chasidan ham Huawei ramzlarini ko‘rmay o‘tmaysiz.
Ma’lumki, kompaniyamiz uch asosiy biznes yo‘nalishda ishlaydi, bular carrier (mobil operatorlar bilan ishlash), enterprise (korporativ mijozlar bilan ishlash) va consumer (mobil uskunalar va smartfonlar ishlab chiqarish va sotish). Joriy yilda biz hamkorlarimiz, mamlakat mobil operatorlari bilan yanada yaqinlashishning, hamkorlikning yangi strategiyasini boshlab, O‘zbekiston bozoridagi o‘rnimizni mustahkamlashning uddasidan chiqdik.
Biz mobil operatorlar vakillari ishtirokida qator xalqaro hamda mintaqaviy sammit va forumlar o‘tkazdik, ularga butun dunyodan eng yaxshi xalqaro ekspertlarni taklif qildik, ular o‘z tajribasi va bilimlari bilan o‘rtoqlasha olsin uchun. Mobile Broadband (mobil internet rivojiga bag‘ishlangan) va Cloud Summit (bulutli texnologiyalari rivojiga bag‘ishlangan) sammitlari hamkorlarimizda katta qiziqish uyg‘otdi. Keyingi yil biz ushbu an’anani davom ettirishni xohlaymiz hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining turli sohalari bo‘yicha yanada ko‘proq hamkorlarimizni qamrab olishga harakat qilamiz.
Korporativ segment yo‘nalishi haqida gapirar ekanman, shuni ta’kidlab o‘tmoqchi edimki, biz yirik va o‘rta korporatsiyalarga, shu jumladan, davlat kompaniyalariga taqdim etadigan yechim va texnologiyalar shu yo‘nalishda ko‘pdan beri ishlayotgan jahon brendlaridan mutlaqo ortda qolmaydi. Ulardan farqli ravishda, biz mijozlarning talablariga oson moslashamiz hamda buyurtmachining xohishi va ehtiyojlaridan kelib chiqamiz. Narx parametrlarida bizning takliflarimiz boshqalarnikidan ko‘ra maftunkorroq bo‘lishi mumkin, lekin bu arzonmi, demak, sifati yomon degani emas. Xizmatlarimiz, mahsulotlarimiz va yechimlarimiz sifati yil sayin takomillashib bormoqda va ayrim jihatlariga ko‘ra Yevropa va AQSh brendlaridan ustun turadi. Huawei kompaniyasining bosh kredosi — mijozlarga yo‘naltirilganlik va u bilan birga telekommunikatsiyalar bozorini rivojlantirish.
Terminal biznes, boshqacha aytganda — smartfonlar va turli mobil uskunalar bu yilda o‘z qiyofasini tubdan o‘zgartirdi. Bizning ilmiy laboratoriyalarimiz nihoyat jahon darajasiga yetdi va ishlab chiqarayotgan devayslarimiz butun dunyoda o‘z xaridorini topib bormoqda. Lionel Messi, Genri Keyvil va Robert Levandovski singari yulduzlar dunyoning turli mamlakatlarida faxr bilan Huawei brendining yuziga aylandi.
O‘zbekistonda biz o‘xshash shaxsni, mashhur insonni, faqat mahalliy darajada emas, balki jahonda e’tirof etilgan kishini — FIFA referisi, Osiyoning futbol bo‘yicha eng yaxshi hakami Ravshan Ermatovni tanladik. Bizning sloganimiz — “Adolatli tanlov qil” futbol o‘yini chog‘ida referining adolatli qarori bilan mos keladi, negaki u muhim o‘rin tutadi, har qanday o‘yinni go‘zal va maftunkor qila oladi. Biz janob Ermatovning adolatli ekanligidan shubhalanmaymiz va O‘zbekiston xalqi bizning fikrimizni qo‘llab-quvvatlaydi deb o‘ylaymiz.
— O‘zbekiston AKT sanoatining rivoji haqida gapirar ekansiz, kompaniyangizning bu sektordagi rolini qanday belgilagan bo‘lar edingiz?
— Huawei kompaniyasi har doim uzoq istiqbolli va o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlik g‘oyalariga sodiq qoladi. Biz har doim ochiq muloqotga va bozor qiyinchiliklariga tayyormiz, biz ularni faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yengib o‘ta olamiz. O‘zbekistonda ko‘p bora kelajak yosh avlod qo‘lida ekanligi haqidagi fikrni eshitganman. Bu jumlada ko‘p ma’no va haqiqat bor. Shundan kelib chiqib, shuni qayd qilib o‘tmoqchimanki, Huawei kompaniyasi AKT sohasi mutaxassislari va yosh iqtidor sohiblarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Joriy yilda biz ikki oliy o‘quv yurti — TATU va Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan anglashuv memorandumi imzoladik. Butun dunyoda HAINA deb ataladigan Huawei akademiyasini ochdik. Maqsadimiz — axborot xavfsizligi, tarmoq rivojlantirishi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari singari muhim yo‘nalishlarda munosib kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash.
Biz bulutli texnologiyalar, keng chiziqli aloqa, xavfsiz shahar yechimi, O‘zbekistonni raqamlashtirish va ma’lumot markazlari g‘oyasini faol ilgari surmoqdamiz. Mamlakatda bu texnologiyalar va yechimlar rivoji “Elektron ta’lim”, “Elektron tijorat”, “Elektron sog‘liqni saqlash” va, tabiiyki, “Elektron hukumat” singari yo‘nalishlarning ko‘tarilishiga yordam beradi. Bunday platformalarning yaratilishi va rivojlantirilishi O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatining rivojlanishi va aholi farovonligi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi, negaki butun dunyoda AKT rivoji YaIM o‘sishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador.
Biz O‘zbekiston bozor iqtisodiyoti rivojlanishini xohlaymiz, bu bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari bozori ham kengayib boradi, u yerda esa Huawei kabi kompaniyalar ko‘proq investitsiya kiritishi hamda sektor o‘sishi bilan bir maromda rivojlanishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston jurnalistlari uchun o‘tkazilgan “Media Tur” loyihasini qayd etib o‘tmoqchi edim. Kompaniya tarixida va, o‘ylashimcha, mamlakat media sanoati tarixida birinchi marta Huawei OAVning barcha tarmoqlari vakillarini bitta guruhga to‘play oldi. To‘qqiz kishidan iborat guruh Huawei kompaniyasining shtab-kvartirasiga tashrif buyurib, eng yangi texnologiyalar va yechimlar bilan tanishishga muyassar bo‘ldi. Biz jurnalistlarni Pekin, Shanxay va Shenchjen kabi shaharlarga taklif eta oldik, u yerlarda kompaniyaning ilmiy-tadqiqot markazlari faol ish yuritmoqda, u yerda Huawei’ning borgan sari tezroq jahon telekommunikatsiyalar bozoriga integratsiyalashayotgan mahsulotlari bilan tanishish va ularni sinovdan o‘tkazish mumkin. O‘ylaymanki, bu tajriba jurnalistlarga ham, bizga ham yordam berdi. Biz Huawei qay darajada global kompaniyaga aylanganini va biz OAV vakillari bilan qay darajada ochiq va yaqindan muloqot qila olishimizni isbotladik va ko‘rsatdik.
— Huawei kompaniisining 2017-yil uchun rejalari. Qanday yangiliklar, syurprizlar va yangi ishlanmalarni tayyorlamoqdasiz?
— Odatda biz kelajak rejalari haqida gapirishni yaxshi ko‘rmaymiz, biz yaxshisi O‘zbekistonda AKT va telekommunikatsiyalar bozorini rivojlantirishga qay darajada sodiq ekanligimizni amalda ko‘rsatamiz. 2016-yili Huawei kompaniyasini “eng innovatsion” deb tan olishdi, demak, yangi yilda ham biz bu maslakka munosib bo‘lishimiz lozim. Kompaniyaning har uch biznes yo‘nalishida biz mijozlarimiz va foydalanuvchilarimiz talablaridan kelib chiqqan holda innovatsion yechimlarni ilgari surishni rejalashtirmoqdamiz. O‘tgan yili O‘zbekiston siyosiy va iqtisodiy hayotida ko‘p o‘zgarishlar ro‘y berdi va ro‘y bermoqda. O‘ylaymanki, Huawei kompaniyasi mamlakat rahbariyati belgilagan yo‘lga muvofiq bo‘la oladi hamda O‘zbekistonday ajoyib mamlakat aholisining farovonligi va hayot darajasi yaxshilanishiga yo‘l ochadigan axborot texnologiyalari rivojiga yordam berish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi. Bizning bosh shiorimiz — dunyoni, shu jumladan, O‘zbekiston, yanada yaqinlashtirish.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi nomidan mamlakat aholisini yangi 2017-yil bilan tabriklashga, o‘zbekistonliklarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va ruhiy kamolot tilab qolishga ijozat bergaysizlar!
Qisqa tarjimai hol:
Van Pen (Wang Peng) — “Huawei Tech Investment Tashkent” (Huawei savdo belgisi) kompaniyasi bosh direktori. 1978-yili XXRning Shansi provinsiyasida tug‘ilgan. 1997–2001-yillarda Xarbin texnologik institutida aloqa muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. Xitoy, ingliz va rus tillarini biladi. Huawei kompaniyasida 2001-yildan buyon ishlaydi. Yuqori texnologik simsiz aloqa va sotuvlar yo‘nalishlari bo‘yicha turli texnik va rahbar lavozimlarni egallagan. O‘zbekistonga tayinlanguniga qadar janob Van Pen Huawei’ning Olmaotadagi bosh direktori, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan. 2016-yili “Huawei Tech Investment Tashkent” kompaniyasining bosh direktori etib tayinlangan.Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)