Microsoft korporatsiyasi Surface Phone nomli yangi smartfonni ishlab chiqmoqda, u 2017-yil aprelining oxirida taqdim etiladi. Yangi qurilmaning ilk “jonli” suratlari Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
PhoneArena resursi ma’lum qilishicha, smartfon o‘tkir qirrali metall korpus va to‘g‘ri chiziqlar ustunlik qiladigan dizaynga ega bo‘ladi. U, shuningdek, kamera qopqog‘ini ochadigan alohida tugma bilan ta’minlanadi.
Bo‘lajak smartfon Microsoft tomonidan shu yilning oxirida namoyish etilgan mahsulotlar lineykasining bir qismiga aylanadi.
Ushbu qurilma Microsoft uchun korporatsiya Nokia brendini sotib yuborganidan keyingi birinchi smartfon bo‘ladi.
Izoh (0)