Uydagi noxush hiddan qutulish uchun birinchi navbatda uning manbasini topish zarur. Faqat shu yo‘l bilan xonadoningizga toza havoni qaytarish mumkin.
Agar uyingizdan xuddi noturar joylarda bo‘lganidek zax hidi kelsa, buning sababchisi mog‘or bo‘lishi mumkin. Mog‘or ko‘pincha namlik darajasi yuqori bo‘lgan, issiq va havo yaxshi aylanmaydigan joylarda paydo bo‘ladi. Zamburug‘ning o‘sish va ko‘payish jarayonida yoqimsiz his tarqaladi.
Mog‘ordan quyidagi vosita yordamida qutulishingiz mumkin: tarkibida xlor mavjud bo‘lgan oqartiruvchi vositani 1:10 nisbatda suvda eriting; aralashmani mog‘or hosil bo‘lgan joylarga suring, bunda qo‘lingizga maxsus qo‘lqop kiyishni unutmang.
Kuyuk yoki uy hayvonlari hididan gilam va devorlarni oq sirka va suv aralashmasi yordamida artib chiqish orqali xalos bo‘lish mumkin. Bu vosita nafaqat hidlarni emas, balki dog‘larni ham ketkazadi.
Shuningdek, yarim stakan nashatir spirtini besh litr suvda aralashtirib, uni pol va devorlarga surib chiqish mumkin. Bir necha daqiqadan so‘ng toza suv bilan artib olinadi.
Xonadonimizga xushbo‘y hidni qaytaramiz
Yoqimli hidlar tozalikdan boshlanadi. Biroq xushbo‘y chiroq va shamlar, havoni tozalovchi maxsus vositalar yordamida yanada yoqimli muhitni yaratish mumkin.Bir nechta hayotiy tajribalar
— Paxta diskini o‘zingiz istagan efir moyi bilan namlang. Uylarni tozalay boshlaganingizda changyutkich birinchi uni yutsa, xonalarni tozalashda ular xushbo‘y hidga to‘ladi.
— Agar mikroto‘lqinli pechga taomlar hidi, masalan, popkorn yoki pishloq hidi o‘tirib qolgan bo‘lsa, uni quyidagi usul yordamida tozalash mumkin: suv solingan idishga limon yoki apelsin yog‘i tomizib, uni maksimal quvvatda yoqilgan pechda qaynatish lozim.
— Kiyim shkafidan yoqimli hid taralishi uchun kichikroq mato qopchaga soda solib, bir necha tomchi lavanda moyi tomizing. Uni yaxshilab bog‘lab, kiyimlar orasiga solib qo‘ying.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)