Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ishtirokchilari Tu-154 halokatida olamdan o‘tgan Aleksandrov nomidagi musiqa va raqs ansambliga 70 ta kvartira ajratishga qaror qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Yaqin vaqt ichida Aleksandrov nomli ansamblga 70 ta kvartira ajratish masalasini ko‘rib chiqish muhim deb o‘ylayman. Bu eng yaqin vaqt ichida jamoani tiklashimiz, tanlov o‘tkazib, an’analarimizni davom ettirishimiz uchun kerak”, — dedi Shoygu.
Izoh (0)