Xitoyning Guandun provinsiyasida yashovchi erkak ekskavator yordamida bankni tunamoqchi bo‘ldi. Bu haqda The South China Morning Post xabar bermoqda.
Lo familiyali 29 yoshli erkak 26-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 5:30 da ekskavatorni bank yaqiniga haydab kelib, qurilish mashinasi yordamida binoda katta teshik hosil qildi. Shundan so‘ng jinoyatchini huquq-tartibot xodimlari aniqladi.
Loning aytishicha, u ekskavator yordamida bankomatlarni buzib, ichidagi pulni o‘marmoqchi bo‘lgan, lekin bu ishni amalga oshirishga ulgurmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, qurilish mashinasi xitoylik erkakka tegishli bo‘lgan. U bank yaqinidagi qurilishlardan birida ishlagan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)