Isroil olimlari Quddusda taxminan 2100 yil ilgari ohaktoshdan ishlangan idish parchasini topdi, deb yozadi TJournal.
Idish bo‘lagi 2015-yilning yozida Hashmonayimlar davriga oid (eramizdan avvalgi 141—37-yillar) yuvinish xonasi vayronalaridan topilgan. Olimlarning so‘zlariga qaraganda, bu Quddus hududidan topilgan eng qadimiy tosh idishlardan biridir. Iudeyaliklar shisha, tuproq va yog‘ochdan farqli ravishda tosh nopok bo‘lmaydi deb hisoblaganligi uchun shunday idishlardan foydalangan.
Idishga ivrit tilida “Girkan” so‘zi o‘yib tushirilgan. Qadimgi Iudeyada Girkan keng tarqalgan erkaklar ismi bo‘lgan. Biroq olimlar idish kimga tegishli ekanligini aniqlay olmagan.
Bundan tashqari, ma’lumotlarning kamligi tufayli idishlarga ismlarni tushirish odatiy hol yoki alohida holatlarga xos ekanligini ham aniqlashning imkoni bo‘lmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)