O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi plenumlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi sudyalari, fuqarolik, jinoyat va xo‘jalik ishlari bo‘yicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari, huquqshunos olimlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va OAV vakillari ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.
Oliy sud raisi Sh. G‘oziyev, Oliy xo‘jalik sudi raisi K. Komilov va boshqalar mamlakatda inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish yo‘lida izchil islohotlar amalga oshirilganini alohida ta’kidladi.
Qo‘shma yig‘ilishda Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi plenumlarining ayrim qarorlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qo‘shma qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida”gi qaror loyihasi ko‘rib chiqildi.
Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Izoh (0)