Fransiyalik dengizchi Toma Kovil dunyoni aylanish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi — u 49 kun ichida bu ishning uddasidan chiqdi. Natijaga Vendee Globe yelkanli sport bo‘yicha regata doirasida erishildi, deb xabar beradi “TASS”.
Yolg‘iz yaxtalarning dunyoni aylanish bo‘yicha regatasi 6-noyabr kuni Fransiya g‘arbidagi Le-Sabl-d’Olon shahrida start oldi. Qoida bo‘yicha, sportchilar birovdan yordam so‘rashga haqli emas. Faqat IMOCA toifasidagi bir korpusli yelkanlar musobaqaga qo‘yiladi.
Kovil 26-dekabr kuni Fransiyaning Brest portiga kirib keldi. Bu yerda uni minglab ishqibozlar kutar edi.
Kovil beshinchi harakatda dunyoni aylanib chiqa oldi.
Ilgarigi rekord 2008-yili Fransis Juayon tomonidan o‘rnatilgan edi. Uning ko‘rsatkichlari — 57 kun va 13 soat. Shu tariqa, Kovil uning natijasini sakkiz kun va o‘n soatga yaxshiladi.
Izoh (0)