Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu BMT Xafvsizlik Kengashi a’zosi bo‘lgan hamda rasmiy Tel-Aviv Falastinning okkupatsiya qilingan hududlarida noqonuniy ravishda manzilgohlar qurishini zudlik bilan to‘xtatish talab qilingan rezolyutsiyani yoqlab ovoz bergan davlatlar elchilarini huzuriga chaqirib, ular bilan suhbat o‘tkazmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, elchilar bilan suhbat individual tartibda TIV bosh direktorining tegishli mintaqalar bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladi.
BMT Xavfsizlik Kengashi 23-dekabr kuni ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilgan rezolyutsiya Isroildan Falastinning okkupatsiya qilingan hududlarida manzilgohlar qurib, u yerga yahudiylarni ko‘chirish xatti-harakatlarini zudlik bilan to‘xtatish talab qiladi.
Izoh (0)