Xitoy hududlaridan birida mototsikl haydash davomida shlem kiyishni targ‘ib etayotgan kampaniya sinfiy nafratni kuchaytirishda ayblandi.
Yanchen shahri politsiyasi Sina Weibo ijtimoiy tarmog‘ida shlem kiyib yurishni targ‘ib qiluvchi plakatlarni e’lon qildi. Ularda yozilishicha, ikki g‘ildirakli harakatlanish vositasiga ega bo‘lish uyat hisoblanadi. Reklama qimmatbaho avtomobillardagi tanishlar oldida uyalib qolmaslik uchun yuzni yopishni tavsiya etadi.
Reklama plakatlaridan birida mototsiklchi shlemi va unda “BMW va Mercedes’larida ketayotgan sobiq sinfdoshlaringiz sizni tanib qolishini istamasangiz kerak” degan yozuv aks ettirilgan.
Plakatlarni Sina Weibo’ning minglab foydalanuvchilari muhokama qilgan. Ularning aksariyati kampaniya mualliflari tanlagan yondashuvni tanqid qilgan.
“U samarali, biroq boylarni ham, kambag‘allarni ham kerakli narsaga o‘rgatmaydi”, — deyiladi izohlardan birida. Foydalanuvchilarning ba’zilari agar bu yo‘llardagi xavfsizlikni oshirish uchun yordam bersa, kambag‘allarning ustidan kulish mumkin deb hisoblaydi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)