Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining nimchorak final bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 1/16 finalda “Real”, “Barselona”, “Atletiko” va “Sevilya” klublari o‘z raqiblarini yirik hisoblarda mag‘lub etgandi.
Qur’aga ko‘ra, Madridning “Real” klubi nimchorak finalda “Sevilya” bilan to‘qnash keladi. “Barselona” esa Bilbaoning “Atletik” klubiga qarshi saf tortadi.Rejaga ko‘ra, 1/8 final bellashuvlarining birinchisi 4-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Javob bellashuvlari esa roppa-rosa bir haftadan keyin tashkil etiladi.
Ispaniya Kubogi 1/8 final 4-yanvar, chorshanba
“Las-Palmas” — “Atletiko”“Alkaron” — “Kordoba”“Atletik” — “Barselona”“Real Madrid” — “Sevilya”“Real Sosyedad” — “Vilyarreal”“Deportivo” — “Alaves”“Valensiya” — “Selta”“Osasuna” — “Eybar”
Izoh (0)