Kia keyingi avlod Picanto’ning tashqi ko‘rinishi haqida tasavvur beruvchi ilk tizerlarni e’lon qildi. Bu haqda Motor nashri xabar berdi.
Kutilganidek, yangi Picanto to‘rtinchi avlod Rio xetchbeki uslubida ijro etiladi. Kompakt-kar oldingi versiyasidan sportga moslashgan ko‘rinishi va torroq radiator panjarasi, boshqacha optikasi, yangi bamperlari bilan farqlanadi.
Picanto interyeri ham yangi Rio ruhida ishlanadi. Salonda ko‘p funksiyali rul chambari, uskunalar paneli siferblatlari orasida qo‘shimcha axborot ekrani, shuningdek, multimedia kompleksining katta sensorli ekrani paydo bo‘ladi.
Motor qatoriga 3 silindrli 1 litrli dvigatel va atmosferali agregatlar kiradi.
Eski versiyadan farqli ravishda, yangi Picanto faqat besh eshikli kuzov bilan taklif etilishi taxmin qilinmoqda — ishlab chiqaruvchi modelning uch eshikli versiyasidan voz kechishi aytilmoqda.
Izoh (0)