Daniyaning Moller-Maersk kompaniyasiga tegishli ikki kema Fransiya sohillarida cho‘kib ketdi. Kopengagenda firma vakili tegishli bayonotni tarqatdi, deb xabar beradi “TASS”.
Dengiz yetkazmalari bilan shug‘ullanadigan kompaniyaning ushbu ikki kemasining halokatiga nima sabab bo‘lgani aytilmayapti. Maersk Searcher va Maersk Shipper texnik kemalar bo‘lib, shelfdan neft olishda qo‘llanar edi. Ular muddatini o‘tab bo‘lib, utilizatsiya uchun Turkiyaga jo‘natilayotgan edi. Kemalarda ekipaj bo‘lmagani bois hech kim zarar ko‘rmadi.
Kemalar 3,5 ming tonna suv sig‘imiga ega edi. Ularning korpusi uzunligi 82 metrni tashkil etardi. Transportirovka oldidan ularning rezervuarlari yoqilg‘i va moylash materiallaridan tozalangan edi.
Izoh (0)