Angliya va Uels xayriya komissiyasi (Charity Commission) Jedaylar ordenini (The Temple of the Jedi Order) diniy xayriya tashkiloti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Komissiya vakillari o‘z qarorlarini “jedaychilikka dunyoviy yoki diniy unsur yetishmasligi” bilan tushuntirdi.
Orden vakillari 2016-yil kuzida komissiyaga murojaat qilgan edi. Murojaatni ko‘rib chiqqan komissiya tashkilot dindan ko‘ra ko‘proq jamoat kuchiga bog‘liq, degan qarorga keldi.
“Jedaylar ordeni — butunicha internetga yo‘naltirilgan hamjamiyat, jedaylar ham internet guruhidan boshqa narsa emas. Bizda tashkilot inonchida markaziy o‘rinni axloqiy kamolot egallaydi, deb hisoblash uchun yetarli dalil yo‘q”, — deyiladi Charity Commission yo‘llagan javobda.
Jedaylar ordeni AQShning Texas shtatida notijorat xayriya tashkiloti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. 2015-yilda u Yangi Zelandiyadan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan edi.
Orden a’zolari “Yulduzli janglar” kinofranshizasi olamining falsafasidan ilhomlanadi, franshiza esa, o‘z navbatida, Jozef Kempbell asarlariga asoslanadi.
Izoh (0)