Anqarada Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishi rasmiy Moskvaning xalqaro terrorchilikka qarshi faol kurash olib borayotgani bilan bog‘liqdir. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu turkiyalik hamkasbi Fikri Ishiq bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
“Bunday aktlar nima bilan bog‘liqligini tushunamiz — bizning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashimiz bilan. Boshidan aytishim kerakki, biz bu kurashni to‘xtatmaymiz va, tabiiyki, o‘z tomonimizdan ishlarni davom ettiramiz. Ishonchim komilki, birgalikda natijaga erishamiz”, — ta’kidladi u.
U Turkiya mudofaa vaziriga taklifga javob berib, Moskvaga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Izoh (0)