Los-Anjeles hamda uning atrofidagi tumanlar ma’muriyati rahbarlari 10 million dollar budjetga ega jamg‘armaning yaratilishini rasman e’lon qildi. Uning faoliyatidan ko‘zlangan maqsad deportatsiya yoqasida turgan muhojirlarga yordam berish bo‘ladi, deb xabar qiladi TJournal.
Los Angeles Times nashriga ko‘ra, bu choralar migratsion siyosatda Donald Tramp prezidentligida ro‘y berishi kutilayotgan o‘zgarishlar munosabati bilan ko‘rildi.
Mahalliy ma’muriyat dotatsiyasi jamg‘arma mablag‘lari umumiy summasining yarmini tashkil etadi. Yana 2 million dollarni Kaliforniya endaunment-fondi o‘tkazib beradi. Qolgan 30 foiz mablag‘ mahalliy xayriya tashkilotlari sa’y-harakatlari bilan to‘planishi kutilmoqda.
Los-Anjeles bosh yuristi Mayk Foyerning so‘zlariga qaraganda, jamg‘arma migratsion tizimda samaradorlik va adolatni ko‘paytiradi.
Klermontda joylashgan aksilmigratsion We The People Rising tashkiloti rahbari Robin Xvidston Los-Anjeles ma’muriyatining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirdi. Ayolning fikricha, ma’muriyat noqonuniy muhojirlardan ko‘ra mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlashga ko‘proq e’tibor berishi lozim.
Izoh (0)